SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 03 May 2024 15:38

O`MONLIK MEHMONLAR TASHRIFI

Rate this item
(0 votes)

2024-yil 03-May kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga  O‘mon Sultonligining savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Institut direktori prof. B. Abduhalimov kutib oldi.

 Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari   tomonidan nashr  etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga kirib, institut binosining ochilish marosimi va qurilish bosqichi suratga olingan video lavhani tomosha qilishdi. Institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari mehmonlarga juda katta taassurot qoldirdi. Tashrif yakunida tomonlar o`zaro esdalik sovg`alirini almashishdi.  Mehmonlar samimiy qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 208 times Last modified on Monday, 06 May 2024 08:03

Media

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…